SITE LOGO
Понедельник, 29.04.2024, 11:27
» Меню сайта
Начало » 2007 » Май » 13 » Oqsaroyda qabul
Oqsaroyda qabul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 may kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi sanoat va energetika vaziri Viktor Xristenkoni qabul qildi.

- Sizning O‘zbekistonda o‘tkazadigan muzokaralaringiz samarali bo‘lishiga ishonchim komil, - dedi Prezident Islom Karimov.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda yuksak sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. O‘zaro hamkorlikni oliy darajaga ko‘tarishda mamlakatlarimiz o‘rtasida 2005 yili imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik borasida gapirganda, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil o‘sib borayotganini qayd etish joiz. 2006 yili bu boradagi ko‘rsatkich 3 milliard AQSH dollaridan oshdi. Uning salmoqli qismini mashinasozlik, yog‘och va selluloza-qog‘oz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil qildi.

O‘zbekistonda rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni to‘rt yuz ellikdan oshadi. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyasi bilan tuzilgan 284 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkorlikning asosiy sohalari - savdo, energetika, sug‘urta, moliya sektori, oziq-ovqat, farmatsevtika, yog‘ochni qayta ishlash, elektrotexnika va sanoatning ko‘plab boshqa tarmoqlari.

Yoqilg‘i-energetika majmuidagi hamkorlik alohida diqqatga sazovordir. Ayni paytda O‘zbekistonda "Gazprom" va "Lukoyl" kompaniyalarining 2,5 milliard dollarlik sarmoyasi o‘zlashtirilmoqda. Ta’kidlash joizki, soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish, magistral quvurlarni rivojlantirish, yangi konlarni o‘zlashtirish ishlariga imkon qadar ko‘p sarmoya jalb etish O‘zbekiston va Rossiyaning jahon energetika bozoridagi o‘rnini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

V.Xristenko Prezidentimizga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, gaz-transport magistrallarini zamonaviylashtirishda o‘zaro hamkorlik mamlakatlarimiz manfaatiga mos kelishini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiyaning energetika sohasidagi hamkorligini yanada kengaytirishga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Просмотров: 2278 | Добавил: kvartet | Рейтинг: 1.0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
» Форма входа
» Календарь новостей
«  Май 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
» Поиск по новостям
» Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2006Бесплатный хостинг uCoz